BODIBILDING

BODIBILDING, kulturizm (ing. BodyBuilding — tana tuzilishi) — sport turi; tana mushaklarini gantel, shtanga, tosh va h. k. yordamida rivojlantirish, uni chiroyli va baquvvat qilishga qaratilgan mashqlar tizimi. Bunday mashkdarga dastlab Yunoniston va qad. Rimda katta eʼtibor berilgan. Misrda gavda muskullari chiroyli, kelishgan odamlargina firʼavn unvoniga munosib boʻlgan. Keyinchalik bu xildagi mashqlar koʻp mamlakatlarga tarqaldi. 19-a. oxirida Buyuk Britaniyada hoz. zamon kulturizmi (fransuzcha culturisme, inglizcha physical culture — gavda madaniyati) asoslari ishlab chiqildi. 1901-y. dan erkaklar gavda goʻzalligi xalqaro konkurslari, 20-a. oʻrtalaridan esa kulturizm boʻyicha har yili jahon chempionatlari oʻtkazila boshlandi. 1946-y. Xalqaro kulturizm (bodibilding) federatsiyasi (IFBB) tashkil qilindi. 170 dan ortiq davlat bu federatsiya aʼzosi.

Oʻzbekistonda Bodibilding 1960-y. lardan paydo boʻldi va dastlabki musobaqalar uyushtirildi. Ammo 80-y. larga kelib unga burjua sport turi sifatida salbiy baho berila boshlandi va unutib yuborildi. Mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sportning barcha turlari qatori Bodibildingga ham eʼtibor kuchaydi. Bodibilding ishqibozlari koʻpaydi. Bodibilding boʻyicha turli koʻrik va musobaqalar oʻtkazilmoqda. Daniil Plakida, Fuat Gimush, Ruslan Murodasilov, Rustam Fotihov, Gennadiy Blajko, Ibrohim Bekboyev taniqli Bodibilding chilardir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x