BOGAZAR TOGʻI

BOGAZAR TOGʻIQashqadaryo viloyatidagi togʻ. Hisor tizma togʻlari tarkibiga kiradi. Eng baland joyi — Chovurtkali choʻqqisi, 2098 m. Uz. 10—12 km. Bogazar togʻi jan. gʻarbdan shim. sharqqa yoʻnalgan. Uningjan. sharqiy yon bagʻirlari Kichik Oʻradaryo vodiysiga ancha qiya, baʼzi joylarda tik tushgan, shim. gʻarbiy yon bagʻirlari esa yotiqroq. Suvayirgʻich qismi yassi. Togʻ yon bagʻirlaridagi buloklardan boshlanuvchi soylar Kichik Oʻradaryo tomon oqadi. Bogazar togʻi t . yura, boʻr va paleogenning choʻkindi jinslari (qumtosh, gil, konglomerat, alevrolit, ohaktosh)dan tashkil topgan. Yon bagirlaridagi jigarrang tuproqlarda qizilarcha va saurarcha, zarang, bodom keng tarqalgan. Archazorlar ostida bugʻdoyiq, shuningdek uchqat (shilvi), oqxargul va b. usadi. Bogazar togʻi yozgi yaylov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x