BOʻZTIKAN

BOʻZTIKAN (Sonchus) — murakkabguldoshlarga mansub koʻp va bir yillik begona oʻtlar turkumi. Poyasi tik, bargi tikanli, gullari tilsimon, savatcha toʻpgulga yigʻilgan. Urugʻida patsimon tuklar bor. 45 turi maʼlum, Oʻzbekistonda 5 turi tarqalgan. Sabzavot boʻztikani (S. oleraceus), dagʻal Boʻztikan (S. asper), dala Boʻztikan (S. arvensis) turlari gʻoʻza, sabzavotpoliz, sugʻoriladigan ekinlar orasida, dalalar va b. yerlarda uchraydi. Dala Boʻztikan apr. —may oylarida gullab, iyunda meva tugadi, bir tupi 53 ming donadan ortiq urugʻ beradi.

Kurash choralari: kuzgi shudgor; simazin va paxta maydonlarida kotoran, kotofor yoki prometrin gerbitsidlari purkaladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x