AYBINI BOʻYNIGA OLISH TOʻGʻRISIDAGI ARZ

AYBINI BOʻYNIGA OLISH TOʻGʻRISIDAGI ARZariza beruvchining oʻzi sodir etgan jinoyati toʻgʻrisida u shu jinoyatni sodir etishda gumon qilinmasdan va unga ayblov eʼlon qilinmasdan oldin bergan xabari (OʻzR JPK, 113-modda). Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz ogʻzaki yoki yozma boʻlishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ogʻzaki xabarnomani bayonnomada aks ettiradi, unga arz qiluvchining shaxsiga doir maʼlumotlar kiritiladi va unda arzning mazmuni birinchi shaxs nomidan bayon qilinadi, bayonnomaga arz qiluvchi va surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya imzo chekadi. Arz surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan ushbu Kodeksning 112-moddasida koʻrsatilgan qoidalarga muvofiq baholanadi. Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz ushbu Kodeksning 322-moddasi l-qismi (5-bandi) talabiga koʻra jinoyat ishini qoʻzgʻatishga asoslardan biridir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x