BOʻZSUV

BOʻZSUV — Chirchiqdaryosidan chiqarilgan qad. kanal. B. Chirchiqning oʻng sohilidagi qad. terassalar boʻylab shim. sharqdan jan. gʻarbga tomon yoʻnalib, Toshkent viloyati Qibray, Zangiota va Yangiyoʻl tumanlari, Toshkent sh. hududi, shuningdek Qozogʻiston Respublikasi yerlaridan oʻtib, Chinoz yaqinida Sirdaryoga quyiladi. Uz. 159 km. Boshlanishi qismida suv sarfi 310 m3/ sek, 10GESdan quyida 110 m3 (ortiqcha suv Chirchiq daryosiga tashlanadi). Boʻzsuvning oʻzani egribugri, kengligi 10—20 m. Quyi oqimida 30 m gacha chuqur dara hosil qilgan. Boʻzsuvdan har ikki tomonga suv sarfi 0,5 m3/s dan 35 m3/s gacha boʻlgan, irrigatsiya va sanoat uchun moʻljallangan kattakichik 23 kanal chiqarilgan. Eng yiriklari: oʻng sohil Qorasuv, Salor, Kaykovus, Anhor, Iskandar, Yuqori Toshkent, Joʻn, Kurkuldak, Niyozboshi, Shim. Toshkent kanallari, Boʻrjar tashlamasi. Salor, Kaykovus, Qorasuv va Anhor Toshkent sh. dan oʻtib, shaharni suv b-n taʼminlaydi. Boʻzsuv va undan chiqarilgan kanallarning umumiy uz. 400 km dan oshadi. Boʻzsuv suvi bilan Toshkent viloyati Zangiota, Qibray, Yangiyoʻl tumanlari va Qozogʻistonning Chimkent viloyatidagi 140 ming ga yer suv bilan taʼminlanadi.

1936-y. gacha Chirchikdan suvni Baytqoʻrgʻon qishlogʻidan yuqoridagi Yumaloqtepa suv boʻlgichidan olgan, suv sarfi 90 m3 boʻlib, taxm. 65 ming ga yerni sugʻorgan. 1940-y. da yangi GESlar qurilishi munosabati bilan Gʻazalkent yaqinida Chirchiq daryosiga bosh toʻgʻon qurildi va kanalga suv daryodan chiqarilgan derivatsion kanal orqali olinadigan boʻldi. 1926—54 y. larda Boʻzsuv kanalida 16 GES (Oqqovoq2, Oqqovoq3, Qodriya, Salor, Boʻzsuv, Shayxontohur, Boʻrjar, Oqtepa, Quyi Boʻzsuv1,2,3,4,6 va b.)dan iborat ChirchiqBoʻzsuv gidroenergetika kaskadi barpo qilingan. Oʻzbekistondagi birinchi GES— Boʻzsuv GES shu kanalda qurilib, ishga tushirilgan (1926). Kanalda GESlardan tashqari suv toʻsuvchi qurilmalar, nasos st-yalari, suv oluvchi inshootlar, ostonali sharsharalar va b. muhandislik inshootlari qurilgan (kanal sxemasiga q.).

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin Boʻzsuvda, jumladan 1995—2000-y. larda uning Anhor tarmogʻida oqimni tartibga solish, qirgʻoqlarni mustahkamlash va sohil boʻylarini obodonlashtirish boʻyicha katta ishlar amalga oshirildi.

Sharif Hamdamov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x