BOʻLAMON

BOʻLAMON, balamon, balabon — Markaziy Osiyo va Kavkaz xalqlarining tilchali puflama sozi. Kadimdan mashhur, ayniqsa 15—17-a. lardagi Boʻlamon chi sozandalar nomi tarixiy manbalarda koʻp uchraydi. Tashqi koʻrinishi kichik surnaysimon boʻlsada, nayining ichki kengligi uzunasiga bir xil.

Yuqori qismiga yakka tilchali qilib kesilgan qamish naycha oʻrnatiladi. Asosan, tut yogʻochidan yasaladi. Barmoqlar uchun moʻljallangan 7 ta teshigi yuzida, 1 tasi orqa tomonida boʻladi. Boʻlamon sibizgʻannt takomillashtirilgan turi boʻlsada, sadolanish kuchi, tembr xususiyatlari hamda ijro imkoniyatlariga koʻra qoʻshnayta yaqin. Diapazoni taxm.2 oktava. Oʻzbekistonning Xorazm vohasi va qisman Qoraqalpogʻistonda tarqalgan.

Ad.: Karomatov F., Uzbekskaya instrumentalnaya muzыka, T., 1972.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x