BOʻYOQLI OʻSIMLIKLAR

BOʻYOQLI OʻSIMLIKLAR — tarkibida boʻyoq moddalari boʻlgan oʻsimliklar. Boʻyoq Boʻyoqli oʻsimliklarning hamma qismlari (lishayniklarda) yoki bir qismi (ildizi, poʻstlogʻi, guli, bargi va h. k.)dan olinadi. Oʻsimliklardan olingan tabiiy boʻyoqlarning sifati sunʼiy (sintetik) boʻyoklarga nisbatan yuqori boʻladi. Oʻzbekistonda roʻyan (Rubia tinctorum), oʻsma (lsatis tinctoria), isiriq (Peganum harmala), anor (Punica granatum^apfl aH qizil boʻyoq; yongʻoq (Juglans regia), karmak (Ыtopsht)lardan jigarrang va qora boʻyoq; zirk (Berberis oblonga), isfarak (Delphinum semibarbatum), sutlama (Euphorbia), rezeda (Reseda luteola), maxsar (Carthamus tinctorius), tuxumak (Sophora japonica), zaʼfar (Crocus), tut (Morus), olma (Ma1i8)lardan sariq boʻyoq; gulxayri (Althaea kkea)dan koʻk va binafsha boʻyoq olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x