BOʻLIM

BOʻLIM (geol. da) — stratigrafiya shkalasining 3tartibli umumiy eng yirik birligi. Yer yuzi miqyosida tarqalgan. Boʻlim jinslari maʼlum geologik davrda hosil boʻlib, Yer rivojlanishi tarixi va undagi hayotning yirik va aniq bosqichini aks ettiradi. Faqat oʻziga xos hayvonot dunyosi va oʻsimliklari boʻladi. Boʻlim oʻz navbatida yaruslarga boʻlinadi. Boʻlimga shkalada tutgan oʻrniga qarab nom beriladi — uch boʻlimli sistemada quyi, oʻrta, yuqori, ikki boʻlimlida esa ikkiga — quyi va yuqori Boʻlimga boʻlinadi. Xalqaro stratigrafiya komissiyasi tomonidan fanerozoy uchun biostratigrafiya, radioizotop, paleomagnit maʼlumotlari sintezi asosida stratigrafiya va geoxronologiya shkalalarining yangi varianti ishlab chiqilmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x