BIZE

BIZE (Bizet) Jorj (1838.25.10, Parij — 1875.3.6, Bujival) — fransuz kompozitori. Parij konservatoriyasini tamomlagan (1857). Operetta, kantata, xor, kamervokal va fortepiano musiqasi, simfoniya va orkestr syuitasi, komik va lirik operalar va b. janrlarda ijod qilgan. Bize fransuz mumtoz musiqasi anʼanalari b-n boshqa xalqlar folklorining jonli ohanglarini chambarchas bogʻlab, oʻziga xos uslub yaratgan. Sharq mavzusiga bagʻishlangan «Marvarid izlovchilar» (1863), «Pert goʻzali» (1866), arab xalq kuylaridan ijodiy foydalanib yozilgan «Jamila» (1872) operasi, «Arlezian qizi» spektakliga yozgan musiqalari mashhur. Optimistik fojia xarakteriga ega boʻlgan «Karmen» operasi (1974, P. Merime novellasi asosida) Bize ijodining hamda fransuz realistik operasining choʻqqisidir. Bize kuylaridan foydalanib, rus kompozitori R. Shchedrin mashhur K«armensyuita» baletini (1967, A. Alonso librettosi) yaratgan. Bizening «Karmen» va «Marvarid izlovchilar» operalari Navoiy nomidagi Katta akademik opera va balet teatrida sahnalashtirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x