BAROKAMERA

BAROKAMERA — barometrik bosimni sunʼiy ravishda oʻzgartirishga imkon beruvchi germetik kamera. Past bosimli (vakuumli), yuqori bosimli (kompression), muqim (statsionar) va koʻchma turlari boʻladi. Eng koʻp tarqalgan turi past bosimli Barokamera ; unda bosimni atmosfera bosimidan boshlab mm sim. ust. ulushlarigacha (1 mm sim. ust. =133,322 n/m2) oʻzgartirish mumkin. Barokamera hajmi m3 ulushlaridan bir necha yuz m3 gacha. Past bosimli B . dan kosmik tibbiyotda Yer atmosferasining yuqori qatlamlarida yuz beradigan turli hodisalarning inson va hayvonlar organizmiga taʼsirini oʻrganishda, balandlik mashqlarini oʻtkazishda, kosmosda ishlatiladigan jihoz va asboblarni sinashda foydalaniladi. Ichki t-rani oʻzgartirsa boʻladigan Barokamera termobarokamera deyiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x