Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Allohning neʼmati
Allohning toatiga va Allohning muhabbatiga chorlaydigan erning muslima ayolga nasib etishi Alloh taboraka va taoloning oʻsha ayolga ato etgan katta neʼmatidandir.
Muhammad ibn Muhammad Muxtor Shinqitiy
*****
QATTIQ ILTIMOS
Agar qiyomat kuni jannatda orangizda meni topmasangiz, «Ey Robbim, falon bandang Seni bizga eslatib turardi» deb Allohdan (gunohkor, ojiz banda boʻlmish) meni soʻranglar, iltimos!
Alloh taolo barchamizni Jannatiga hisobsiz va azobsiz kiruvchilar qatorida qilsin, omin!
*****
Bir kunda besh marta tahorat qiladigan qizning makiyaj (pardoz-andoz)ga ehtiyoji tushmaydi.
Mojid Zakiy
*****
Koʻchada keta turib, qoʻlimizdagi boʻshagan baklashka va boshqa axlatlarni yerga tashlayotganimizda, ularni otamiz tengi insonlar tozalashini unutmaylik!
*****
- Butun olamga nisbatan siz oddiy bir shaxssiz.
- Qaysidir shaxs uchun esa butun bir olamsiz.
«Tarix muhrlagan soʻzlar»
*****
Boy insonga aylanganingdan keyin “yaqinlaring” juda ham koʻpligi maʼlum boʻladi.
Anis Mansur
*****
Ega boʻlgan narsangning hammasini koʻrsatavermasliging va bilgan narsangning hammasini gapiravermasliging hikmatdandir.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Vatanlar urushlar sababli vayron boʻlib, oʻlmaydi. Balki ular oʻz farzandlari, fuqarolarining xiyonati sababli oʻladi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/bir-kunda-besh-marta-tahorat-qiladigan-qizning-makiyaj-pardoz-andoz-ga-ehtiyoji-tushmaydi/