Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Uch narsani unutma:
Agar senga Alloh taoloning neʼmati kelsa, Alhamdulillah degin!
Agar senga rizqing sekin kelsa, Astagʻfirulloh degin!
Agar senga bir mashaqqat yetsa, Laa havla va laa quvvata illaa billaah degin!
“Fikr durdonalari”
*****
Bir eshik berkilsa, boshqasi ochiladi. Lekin biz uzoq vaqt afsus bilan berk eshikka tikilib turamiz-da, ochiq eshikni koʻrmaymiz.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Koʻpaytirish jadvalidagi 1 raqamidek boʻling. Ushbu raqam yoniga katta son kelsa ham, kichik son kelsa ham, unga hajmidan katta oʻlchov, miqdor bermaydi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Agar haq boʻlsang, asablaringni boshqara olasan. Ammo xato qilgan boʻlsang, gapingni oʻtkazish uchun jarohat yetkazuvchi soʻzdan boshqa narsa topolmaysan.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Agar borliging xuddi yoʻqligingdek bir xil boʻlsa, ketvor!
Najib Mahfuz
*****
Erkaklar ziyofat kunlarida emas, qiyinchilik kunlarida bilinadilar.
Muhammad Gʻazoliy rahimahulloh
*****
Axlatni munosib joy (maxsus idish)ga tashlay olmaydigan jamiyatdan munosib insonni munosib oʻringa qoʻyishini kutma.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Oʻzingga togʻning choʻqqisidan joy izla. Pastda shundoq ham katta tiqilinch.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Odamlarning gapi misoli xarsangtoshdir. Yo uni ustingga koʻtarib, belingni sindirasan. Yoki uni oyoqlaring ostiga tashlab, baland minora qurib, oʻzing ham yuksalasan.
“Fikr durdonalari”
*****
Jarohatlarning eng ogʻriqlisi tanamizda iz qoldirgani emas, balki birorta inson koʻrmaydigan qalbimizda iz qoldirganidir.
“Fikr durdonalari”
*****
Labida asal, qalbida gina, adovat boʻladigan kishidan ehtiyot boʻl!
“Fikr durdonalari”
*****
«Ketaman» deb tahdid qilganning qulogʻiga «Yoʻlni bilasizmi yoki koʻrsatib qoʻyaymi?» deb ayting.
«Fikr durdonalari»
https://saviya.uz/ijod/nasr/bir-eshik-berkilsa-boshqasi-ochiladi/