Kitob oʻqishning 21 foydasi

Hammamiz kitob oʻqishning foydali ekanligini eshitganmiz. Lekin uning foydaliligi aynan nimada?

 

  1. Mutolaa uyqusizlikdan qutulishga yordam beradi.

Xotirjam boʻlish va uxlashga yordam beradigan eng yaxshi usul kitob oʻqishdir. Televizor yoki telefondan tarqalayotgan yorqin nur miyaga uygʻonish kerakligi haqida signal yuboradi. Kitob oʻqish esa aksincha taʼsir koʻrsatadi – miya uxlash vaqti boʻlganligini tushunadi.

 

  1. Mutolaa asabni tinchlantiradi.

Asabingizni tinchlantirish uchun sayr qilish yoki musiqa tinglashni afzal koʻrasizmi? Sasseks universiteti olimlari esa buning oʻrniga kitob oʻqishni tavsiya qilishadi. Kitob oʻqish asabni tinchlantirishda eng samarali usul ekan. Atigi olti daqiqa kitob oʻqish asabiylashishga barham beradi.

 

  1. Mutolaa qalbni yumshatadi.

Kitob oʻqish jarayonida oʻquvchi qahramonlar bilan birga boʻladi. Ularning quvonch va tashvishlariga sherik boʻladi. Tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, badiiy asar oʻqigan odam hayotda ham boshqalarning his-tuygʻularini yaxshi tushunar ekan.

 

  1. Mutolaa miya faoliyatini yaxshilaydi.

Emori universiteti olimlari kitob oʻqigan insonning aqliy salohiyati bir necha kun davomida yuqori holatda boʻlishini isbotlashdi. Tadqiqot mualliflari kitob oʻqish miyadagi asab tolalari sonini oshirishini taʼkidlashmoqda.

 

  1. Mutolaa tushkunlikka qarshi kurashishga yordam beradi.

Shotlandiyalik olimlarning tadqiqotlariga qaraganda, kitob oʻqish tushkunlikni davolashning eng samarali vositasidir. Tushkunlikka chalingan bemorlar kitob oʻqishni boshlaganlaridan soʻng ularning tushkunlikka tushish holatlari kamaygan.

 

  1. Mutolaa insonni goʻzallashtiradi.

Yuqori darajadagi aqliy salohiyat insonning tashqi koʻrinishini ham goʻzallashtiradi. Har qanday mavzuda qiziqarli suhbat qura olish va oʻz bilimini namoyish etish suhbatdoshining mehrini qozonishga yordam beradi.

 

  1. Mutolaa xotirani va fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi.

Har safar kitob oʻqilganida miya faol ishlaydi. U olinayotgan maʼlumotni saqlash uchun yangi tolalarni yaratadi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, doimiy ravishda kitob oʻqiydigan insonlarda fikrlash qobiliyati boshqalarga nisbatan sekinroq pasayar ekan.

 

  1. Mutolaa hayotdagi maqsadini anglashga va qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi.

Ogayo shtati universiteti olimlari inson qancha koʻp kitob oʻqisa, hayot yoʻlini shunchalik aniq tanlashini taʼkidlashmoqda. Kitob oʻqish hayotdagi toʻsiqlarni yengishga ham yordam beradi, deyishmoqda ular.

 

  1. Mutolaa soʻz boyligini oshiradi.

Kitob oʻqiyotgan paytda notanish soʻzlar ham uchrab qoladi. Ularning maʼnosini umumiy mazmuni orqali ham tushunib olsa boʻladi. Kitob oʻqish nafaqat soʻz boyligini koʻpaytiradi, balki umumiy savodxonlikni ham oshiradi.

 

  1. Kitob oʻqiydigan insonlar hayotda faol boʻlishadi.

Sanʼat milliy jamgʻarmasi tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar kitob oʻqiydigan insonlar madaniy va ijtimoiy hayotda ham faol boʻlishlarini isbotladi.

 

  1. Mutolaa yozuvchilik qobiliyatini rivojlantiradi.

Kitob oʻqish jarayonida muallifning yozish uslubi ham oʻquvchiga taʼsir koʻrsatadi. Musiqa tinglash jarayonida musiqachining uslubi tinglovchiga oʻtgani singari yozuvchining uslubi ham oʻquvchining yozish uslubiga taʼsir oʻtkazadi.

 

  1. Mutolaa Alsgeymer xastaligiga chalinishning oldini oladi.

Qator tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, koʻp kitob oʻqigan insonlar Alsgeymer kasalligiga kamroq chalinishar ekan. Miya ham xuddi boshqa aʼzolar singari qoʻllab-quvvatlashga va mashqlar yordamida mustahkamlanishga muhtoj boʻladi. Kitob oʻqish esa bu borada eng samarali usuldir.

 

  1. Mutolaa chet tilini oʻrganishni osonlashtiradi.

Doimiy ravishda kitob oʻqish boshqa tillarni oʻrganishda yangi soʻzlarni oson tushunishga va yodda saqlab qolishga yordam beradi.

 

  1. Mutolaa ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi.

Obafemi Avolau universiteti pedagoglari boshlangʻich sinf oʻquvchilarining mashgʻulotlariga mavzuli komikslarni kiritishganida, suratlar va soʻzlar aralashmasi bolalarning ijodkorlik qobiliyatlarini oshirishini aniqlashdi. Kitoblar kattalarga ham ana shunday taʼsir koʻrsatadi.

 

  1. Mutolaa moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf etishda yordam beradi.

Statistika maʼlumotlariga koʻra, umuman kitob oʻqimaydigan insonlarning 43 foizi qashshoqlikda yashaydi. Savodli insonlar orasida esa qashshoqlikda yashaydiganlar 4 foizni tashkil etadi.

 

  1. Birgalikda kitob oʻqish ota-onalar va bolalarning oʻzaro munosabatlarini yaxshilaydi.

Psixologlar birgalikda kitob oʻqish jarayonida ota-onalar va bolalar oʻrtasida oʻziga xos munosabat oʻrnatiladi deb hisoblashadi. Ularning aytishlaricha, bunday munosabat birgalikda televizor koʻrganda aslo paydo boʻlmaydi.

 

 

  1. Koʻp kitob oʻqiydigan bolalar darslarni yaxshi oʻzlashtirishadi.

Tadqiqotlarda aniqlanishicha, kitob oʻqishni xush koʻradigan bolalar maktabda ham yaxshi oʻqishadi. Ular grammatikani ham, matematikani ham yaxshi oʻzlashtirishadi.

 

  1. Mutolaa jinoyatchilikning oldini oladi.

Oʻtkazilgan tadqiqotdan maʼlum boʻlishicha, panjara ortida savodxonligini oshirgan jinoyatchilar ozodlikka chiqqanlaridan soʻng boshqa jinoyatchilarga nisbatan jinoyatga 30 foiz kamroq qoʻl uradilar.

 

  1. Mutolaa tinglash qobiliyatini rivojlantiradi.

Qanchalik gʻalati tuyulmasin, kitob oʻqish tinglash qobiliyatini oshiradi, boshqalarni oson tushunishga yordam beradi. Bu ayniqsa, kitobni ovoz chiqarib oʻqiganda yanada samarali boʻladi.

 

  1. Mutolaa yaxshi hikoyagoʻyga aylantiradi.

Inson kitobni qancha koʻp oʻqisa, hikoya qilish qobiliyati shunchalik oshadi. Keraksiz gaplarni kamroq gapirib, keraklilarini yaxshiroq yetkazadigan boʻladi.

 

  1. Mutolaa yaxshilik qilishga undaydi

Faol kitobxonlar xayriya ishlari bilan boshqalarga nisbatan uch marta koʻproq shugʻullanishadi. Mutolaa muhtoj insonlarga yordam qoʻlini choʻzishga undaydi.

 

Manba: AdMe.ru

 

“Ijod olami”, 2018-5

https://saviya.uz/shaxsiy-tarbiya/kitob-oqishning-21-foydasi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x