BIOLOGIK HOSIL

BIOLOGIK HOSIL, tupdagi hosil — maʼlum bir maydondagi oʻsimlik tuplarida yetilgan hosil, oʻz vaqtida boshlanadigan yigʻimterim oldidan dalada yetilgan tayyor mahsulot miqdori. Biologik hosil ekinlar (don, paxta, mevalar va b.) hosilini yigʻish oldidan xoʻjalik mutaxassislari tomonidan aniklanadi. Biologik hosil bilan birga haqiqiy hosil—1 ga dan yigʻib olingan haqiqiy hosil (omborga tushgan hosildorlik) — yigʻilgan va xatlangan mahsulot tushunchasi ham qoʻllaniladi. Biologik hosil ombor hosilidan koʻproq boʻladi. Q. x. ishlab chiqarishning asosiy vazifalaridan biri Biologik hosilni ombor hosiliga aylantirishdan iborat, bu esa yigʻimterimni oʻz vaqtida toʻgʻri tashkil etishga bogʻliq (q. Hosildorlik).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x