ADRIAN

ADRIAN (76-138) — Rim imperatori (117-y. dan), antoninlar sulolasidan. Chavandozlarga tayanib ish yurgizgan. Adrian davrida imperator hokimiyati va davlat muassasalarining markazlashuvi kuchaygan. Imperiya chegaralarida Adrian mustahkam istehkom va mudofaa devorlari barpo etgan. Xususan, Angliyaning katta qismini bosib olgach, imperiyaning chegaralarini mustahkamlash, mudofaa quvvatini oshirish, tinchlikni saqlash maqsadida Britaniyaning shim. da devor qurdirgan. Uz. 100 km cha devor boʻylab mustahkam istehkomlar va burjlar qurdirgan. Orqa tomoniga harbiy yoʻl soldirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x