DO`STLARGA ULASHING:
?Betaserk tabletka — bosh aylanishiga qarshi vosita.
?8 mg ,16 mg va 24 mg tabletka ko’rinishida va dozada chiqadi (rasmda ko’rsatilgan☝️)
?Suyuqlik ko’rinishida ham chiqadi ( rasmda ko’rsatilgan ☝️).
#Betaserk tabletka
#Бетасерк таблетка
?DORI SHAKLI : tabletka
?TARKIBI : ?
Betagistin digidroxlorid.
8 mg , 16 mg va 24 mg dozada chiqadi.
?TA’SIRIGA KO’RA ?
Bosh aylanishini bartaraf qilish uchun vosita.
?QO’LLANILISHI ?
— Bosh aylanishi kabi holatlarda qabul qilinadi.
— Mener sindromida buyuriladi.
— Ko’ngil aynish va qusish bilan birga keluvchi bosh aylanishida.
— Eshitish pasayganda, quloqni og’irlik holatida buyuriladi.
— Quloqlardagi shovqinda buyuriladi.
— Vestibular bosh aylanishini simptomatik davolash uchun qo’llaniladi.
?QO’LLASH USULI ?
Preparat 8 mg , 16 mg va 24 mg dozada chiqadi.
8 mg li dozadan kuniga 1 tabletkadan 3 martagacha qabul qilish mumkin.
16 mg li dozadan kuniga 0,5 yoki 1 tabletkadan 3 martagacha qabul qilish mumkin.
24 mg li dozadan kuniga 1 tabletkadan 2 marta qabul qilish mumkin.
Ovqatlanishdan keyin qabul qilish buyuriladi.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
—Ko’ngil aynish, qusish.
— Bosh og’rig’i
— Angionevrotik shish va eshakyemi kuzatilishi mumkin.
— Teri qichishishi va toshmalari kuzatilishi mumkin.
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda.
— Feoxromotsitoma kasalligida mumkin emas.
— 18 yoshdan kichik bo’lgan bolalarga mumkin emas.
?ADMIN MASLAHATI ?
Betaserkni homiladorlik va emizish davrida faqat juda zarur bo’lgan hollardagina qo’llash mumkin. Boshqa har doim ham qabul qilib bolmaydi. Albatta shifokordan maslahat olib keyin qabul qiling.
?Qo’llash — retsept bilan.
?Ishlab chiqaruvchi — Fransiya.