BERN

BERNShveysariya poytaxti, Bern kantonining maʼmuriy markazi. Mamlakatning markaziy qismida, Aare daryosining har ikki sohilida joylashgan. Aholisi 140 ming kishi, shahar atrofi bilan birgalikda 300 ming (1995), kupchiligi nemis tilida soʻzlashadi.

Bernga 1191-y. asos solingan. 1218-y. dan imperiyaning erkin shahri. 1353-y. Shveysariya konfederatsiyasiga qoʻshildi. 1848-y. dan Shveysariya poytaxti.

Bern asosan maʼmuriy shahar. Sanoattaraqqiyoti jihatidan Syurix. Bazel sh. laridan keyinda turadi. Bernda elektrotexnika va aniq mashinasozlik (telefon, priborlar, elektr apparaturalari, poligrafiya mashinalari va b.), toʻqimachilik, trikotaj, oziqovqat sanoati: yogochsozlik, poligrafiya korxonalari mavjud. Muhim transport yoʻllari tuguni. Mamlakatni Gʻarbiy Yevropa shaharlari bilan bogʻlaydigan bir necha t. y. va avtomobil yoʻllarn Berndan boshlanadi. Xalqaro aeroport bor. Shaharda bir qancha xalqaro tashkilotlarning markaziy organlari — Jahon pochta ittifoqi byurosi (1874-y. dan), Xalqaro telealoqa ittifoqi, Mualliflik huquqini muhofaza qilish xalqaro ittifoqi, Xalqaro transport ittifoqi byurosi va b. joylashgan. Unt (1834-y. dan), Shveysariya milliy kutubxonasi, konservatoriya, teatr (1903-y. dan), i. t. muassasalari, musiqa maktablari, kutubxonalar, muzeylar (Shveysariya, Alp togʻlari, Tarix, Badiiy va b.) bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan gotika uslubida qurilgan shahar boshqarmasining binosi (ratusha, 1406— 17), SanktVinsens sobori (1424—1588) va b. saqlangan. Turizm rivojlangan. Bernning mamlakatning boshqa shaharlari kabi moliyabaik faoliyati dunyo ahamiyatiga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x