BELLADONNA

BELLADONNA (Atropa belladonna) — ituzumdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik zaharli oʻt. Boʻyi 0.5 — 1,5 (2) m. Barglari ellipssimon, oʻtkir uchli, tekis qirrash, kalta bandli, ketmaket juft-juft boʻlib joylashgan. Har juftdagi bitta barg katta buladi. Tullari bittadan yeyu! juft-juft holda barg qoʻltigʻiga oʻrnashgan. Mevasi toʻqbinafsha rang, koʻp urugʻli hoʻl meva. Yovvoyi holda Qrim, Kavkaz, Moldaviya va Gʻarbiy Ukrainaning oʻrmonlarida, oʻtloklarda, suv va yoʻl yoqalarida oʻsadi. Belladonnaning hamma qismi apkachoidlarga boy. Undan atropin, giossiamin, skopoyaamin va b. alkaloidlar olinadi. Bargidan tayyorlangan preparatlar (nastoykalar), atropin alkaloidi ogriqni qoldiradigan, kUz gavharini kengaytiradigan va spazmga qarshi dori sifatida, meʼda, koʻz kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Bargi astma kasalligida chekiladigan astmatol poroshogi tarkibiga kiradi. Belladonnaning Kavkazda oʻsadngan yana bir turi (A. caucasica) xam shu maqsadda tibbiyotda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x