BELGI

BELGI — moddiy, hissiy ravishda idrok etiladigan predmet, voqea yoki harakat. Bu harakat bilishda koʻrsatmalar, ishoralar sifatida yoki boshqa predmet, xususiyat, munosabatlarda namoyon boʻladi. Belgi tushunchasi falsafa, mantiq, tilshunoslik, psixologiya, sotsiologiyada tahlil qilinadi, yaʼni inson faoliyatini tadqiq qilish bilan bogʻliq boʻlgan hamma fanlarda muhim oʻrin tutadi. Antik faylasuflar (Platon, Aristotel, stoiklar), 17 — 18-a. larning mutafakkirlari (Lokk, Leybnis, Kondilyak) bilishda Belgi larning roliga katta eʼtibor berar edilar. 19 — 20-a. larda tilshunoslik va matematik mantiq B. ni tadqiq qilishga koʻp yangilik kiritdi. Belgi haqida maxsus Fansemiotika vujudga keldi. Belgilar til va gʻayritil Belgi lariga boʻlinadi. Gʻayritil Belgi ham oʻz navbatida belginusxalar, belgialomatlar, belgisignallar va h. k. ga boʻlinadi. Belgining axborot uzatish jarayoni b-n aloqasi muhimdir. Biron moldiy obyektdan iborat boʻlgan Belgi boshqa biron narsani belgilash uchun xizmat qiladi. Belgining predmet maʼnosini, mazmun maʼnosini, ekspressiv maʼnosini aniqlamasdan turib Belgini tushunish mumkin emas.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x