BAZITLAR

BAZITLAR — asosli magmatik togʻ jinslari. Tarkibida kremniy oksidi 50 — 55% dan oshmaydi, ammo A1, Sa, Fe, Mg koʻp. Kvars yoʻq. Gabbrobazalt turkumiga mansub togʻ jinslarining umumiy nomi. Oʻzbekistonda Quljuqtogʻ, Tomdi, Sulton Uvays, Hisor togʻlarida uchraydi. Mis, nikel, kobalt va b. foydali qazilma konlari Bazitlar tarqalgan hududlarda boʻladi. Bazitlardan tayyorlangan bezak koshinchalari imorat devorlarini pardozlashda, koshinkorlikda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x