BAYERA

BAYERA (Baiera) — ginkgodoshlar oilasiga mansub qad. oʻsimliklar turkumi. Bargi dixotom tomirli, yarim toʻgarak yoki keng pona shaklida, asosigacha ayri shoxlanib, bir necha marta boʻlingan. Bargining ustki va ostki epidermis hujayralari va barg (ogʻizcha)lari har xil tuzilgan. Bayera bargining boʻlinishi va tomirlanishiga binoan turlarga ajratiladi. 20 ga yaqin turi maʼlum, shundan 3 tasi Oʻzbekistonning Fargʻona vodiysida oʻsganligi isbotlangan. Qolgan turlari yer sharining shim. yarmidagi deyarli hamma davlatlarning yura, boʻr qatlamidan topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x