BAYDARKA VA KANOEDA ESHKAK ESHISH

BAYDARKA VA KANOEDA ESHKAK ESHISHsport turi, poygalar va slalomdan iborat. Baydarka va kanoeda eshkak eshish va k. e. e. musobaqalari 19-a. ning 60-y. larida Yevropaning koʻpgina mamlakatlarida eshkakchilar klublari paydo boʻlgandan soʻng boshlandi va avval baydarkalarda, keyin kanoeda sport poygalari oʻtkaziladigan boʻldi. Xalqaro kanoe federatsiyasi ( IKF, 1946-y. tashkil topgan) 54 milliy federatsiyani birlashtiradi (1991). 1936-y. dan Baydarka va kanoeda eshkak eshish va k. e. e. olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1938-y. dan jahon chempionatlari oʻtkaziladi. Baydarkalardagi musobaqalar ayollar va erkaklar oʻrtasida, kanoeda esa — faqat erkaklar oʻrtasida boʻladi. Baydarkalar bir kishilik, ikki kishilik va toʻrt kishilik, kanoe — bir kishilik va ikki kishilik. 1972-y. dan baydarka va kanoeda slalom musobaqalari olimpiada musobaqalari dasturiga tajriba tariqasida kiritilgan. Oʻzbekistonda bu sport turi havaskorlari 50-y. lardan suv havzalari, anhor va daryolarda mashq qilib, musobaqalarda qatnasha boshladilar. Oʻzbekiston terma jamoasi 1996-y. gi 26-yozgi olimpiya oʻyinlarida va ayniqsa 1997-y. gi Osiyo birinchiligida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Sokchasiti (Jan. Koreya) sh. da boʻlgan qitʼa chempionatida 12 oltin, 11 kumush, 9 bronza medali qoʻlga kiritilib, birinchi oʻrin egallandi. Jamoa muvaffaqiyatiga xalqaro sport ustalari aka-uka S. va V. Shoislomovlar (kanoe), D. Kovalenko (kanoe), T. Levina, I. Lyalina, A. Shpiganovich, I. Isakova (baydarka) katta hissa qoʻshishdi. Oʻzbekiston Baydarka va kanoeda eshkak eshish va k. e. e. jamoasi 13-Osiyo oʻyinlari (Bangkok, 1998) chempioni nomini ham oldi, Baydarka va kanoeda eshkak eshish va k. e. e. boʻiicha asosiy sport bazalari Toshkent dengizi, Chorvoq suv ombori, Samarqand eshkak eshuvchilar kanalidadir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x