GRYAZNOVA Lyudmila Nikolayevna

GRYAZNOVA Lyudmila Nikolayevna (1939.16.11, Buxoro viloyati, Kogon sh. — 1991.31.6, Toshkent) — Oʻzbekistan xalq artisti (1985). 1971-y. dan M. Gorkiy nomidagi Toshkent rus drama teatrida aktrisa. Gryaznova lirik aktrisa boʻlib, ijodiga muloyim, maftunkor, ayniqsa nozik qistuygʻuli, rostgoʻy va samimiy ayollar obrazi juda yaqin. Rollari: Blansh Dyubua («Orzu tramvayi»), Alina («Qashshoq qalb qissasi»), Lidiya Cheboksarova («Quturgan pullar»), Ranevskaya («Olchazor»), Arkadina («Chayka»), Ledi Makbet («Makbet»), Susana Melitonovna («Uchdan oltiga qadar») va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x