BARTOK

BARTOK (Bartok) Bela (1881.25.3, Nadsentmiklosh — 1945.26.9, NyuYork) — venger kompozitori, pianinochi, etnomusiqashunos, pedagog. Bartokning «Koʻk Soqol gersogning qasri» (1911) operasi va «Yogʻoch shahzoda» (1914 — 16), «Ajoyib mandarin» (1919) baletlari, raqs kuylari, simfonik asarlari, konsert, kvartet, sonatalari, fortepiano uchun 85 pyesadan iborat «Bolalarga», 153 pyesadan iborat M«ikrokosmos» toʻplamlari mashhur. Bartok ijodida koʻp yillar davomida turli mamlakatlar (Vengriya, Ukraina, Ruminiya, Turkiya va b.)da oʻzi yozib olgan (jami 11 mingdan ziyod) venger dehqonlari foloʻslori, rumin, slovak, arab, turk, ukrain va b. xalqlar kuylarini qiyosan oʻrgangan va qiyosiy musiqa folklorshunosligiga asos solgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x