BARTER (ing. barter — tovar ayirboshlash) , muoʼvaza — valyutasiz (pul vositalari ishtirokisiz) bevosita tovar ayirboshlash; muayyan tovar (tovarlar) miqdorining qiymati boʻyicha muqobil boʻlgan boshqa tovar miqdoriga almashtirish shartnomasi. Koʻproq rivojlanmagan tovar munosabatlari, oʻtish davri uchun xos boʻlgan kelishuv. 2-jahon urushidan keyingi davrdagi erkin konvertirlanadigan (almashtiriladigan) valyuta kursi barqaror boʻlmagan, valyuta zaxiralari chegaralangan sharoitda jahonning koʻpgina mamlakatlarida qoʻllanildi va u xalqaro savdo hamda boshqa iqtisodiy munosabatlarda keng tarqaldi. Barterning bevosita ayirboshlash, kompensatsiyali kelishuvlar, kliring kabi shakllari mavjud. Tashqi savdoda Barter bitimi koʻproq qoʻllanadi. 90-y. lar boshidan mamlakat ichkarisida ham korxonalar oʻrtasida ancha keng tarqaldi. Barter bitimiga binoan kelishgan tomonlar oʻz tovarlarini maʼlum narxda baholaydilar. Bu narx ayirboshlashning teng boʻlishini, tovarlarni yetkazib berish bilan bogʻliq boʻlgan barcha sarf-xarajatlarni oʻz ichiga oladi. Bir tomon ikkinchisiga qarzdor boʻlib qolsa, u oʻz qarzini valyuta b-n emas, balki tovarlar bilan uzadi. Tovar qiymatlarining tengligi jahon bozori narxlari orqali taʼminlanadi. Barter bitimlari ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama boʻlishi mumkin.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии