BARNAUL

BARNAUL — RFdagi shahar (1771-y. dan), Oltoy oʻlkasining maʼmuriy markazi. Ob daryosining chap sohilidagi pristan. T. y. tuguni. Axolisi 606,5 mingkishi (1999). 19-a. ning 2-yarmida savdo markazi boʻlgan. Oltoy oʻlkasida ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining qariyb yarmi Barnaulga toʻgʻri keladi. Mashinasozlik, yengil va kimyo sanoatining markazi. Energetika mashinasozligi rivojlangan. Motor, mexanik presslar, transport mashinasozligi z-dlari, ip gazlama, melanj k-tlari, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari korxonalari bor. 6 oliy oʻquv yurti, shu jumladan Oltoy unta, 4 teatr, oʻlkashunoslik muzeyi, tasviriy va amaliy sanʼat muzeyi mavjud. Barnaulga 1730-y. da asos solingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x