BARKLAY-DE-TOLLI

BARKLAY-DE-TOLLI Mixail Bogdanovich (1761 — 1818) — rus sarkardasi, 1812-y. gi Fransiya-Rossiya urushining qahramoni, generalfeldmarshal (1814), knyaz (1815). U shotlandlar av-lodidan boʻlib, Liflyandiya gubernyasida (Boltiq boʻyi) harbiy xizmatchi oilasida tugʻildi. Barklay-de-tollide-T. rus-turk urushida (1787 — 91), russhved urushlarida (1788 — 90 va 1808 — 09) qatnashdi; u, ayniqsa, Fransiyaga qarshi olib borilgan urushda (1806 — 07) shuxrat topdi. 1809-y. dan Finlyandiyaga general-gubernator qilib tayinlandi; 1810 — 12 y. larda harbiy vazir. 1812-y. urushida 1-Gʻarbiy armiyaning qoʻmondoni. Borodino jangiaya B.-de-T. markaz va oʻng qanotta qoʻmondonlik qildi. M. I. Kutuzov vafot etgach (1813-y. may), Napoleon I ga qarshi kurashayotgan rus-prus armiyasiga bosh qoʻmondon qilib yuborildi. Urush tugab, Rossiyaga qaytganida u yana 1-armiyaga qoʻmondonlik qildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x