AZOV

AZOV — RFning Rostov viloyatidagi shahar. Don daryosi boʻyidagi port. A. Qora dengiz sohilidagi qad. shahar — Tanais oʻrnida barpo qilingan. Don daryosi Azov dengizining Taganrog qoʻltigʻiga quyiladigan joydan 7 km berida. Aholisi 80,9 ming kishi (1992). T. y. stansiyasi. Mashinasozlik, yengil, oziqovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Politexnika va industriya-ped. texnikumlari, ped. bilim yurti, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi bor. Mil. av. 1-ming yillikda Azov oʻrnidagi Meotidada meotlar yashagan. Mil. 10—11-a. larda Kiyev Rusining Tmutarakan knyazligi tarkibiga kirgan. Taxm. 1067-y. qipchoqlar tomonidan egallangan va Azov oʻrnidagi qishloqqa Azuv (Azoq)xon nomini berganlar. 13-a. dan Oltin Oʻrdaga qarashli Azoq sh. boʻlgan, 14-a. da venetsiyalik va genuyaliklarning koloniyasi (Tana) boʻlgan. 1395-y. da Amir Temur egallagan. 1471-y. dan Turkiyaga qarashli qalʼa. 1637—42 y. larda Azovni Don kazaklari egalladi. 1696-y. da Pyotr 1 qoʻshinlari bosib oldi. 1711-y. da A. Turkiyaga qaytarib berildi. Biroq 1739-y. dan yana Rossiya tarkibiga oʻtdi. 1775— 82 y. larda Azov gubernyasi markazi, 1810-y. dan Yekaterinoslav gubernyasi posadi. 1920-y. 1-martdan shahar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x