BARCHINLIGʻKEND

BARCHINLIGʻKEND, Barchkend, Barchin — Sirdaryo boʻyida joylashgan oʻrta asr qalʼa-shaharlaridan biri (12 — 14-a. lar); Jand viloyatiga kirgan. Oltin Oʻrda davrida Barchinligʻkendda zarb qilingan mis tangalarda «Barchin» yozuvi uchraydi. 13a. 2-yarmida Barchinligʻkendga tarixchi Jamol Qarshiy kelib, uni oʻz asarida Barchkend deb qayd etgan. Bu davrda Barchinligʻkendda turkmanlar yashaganlar, shahar atrofida qoʻrgʻonlar va qum barxanlari yastanib yotgan, shaharda ilm-fan, maʼnaviy hayot taraqqiy etgan. Jamol Qarshiy Barchinligʻkendda arab, fors, turkiycha sheʼrlar bitgan mahalliy olimning maʼruzasini tinglaganini yozadi. 15adan soʻng Barchinligʻkend atamasi manbalarda tilga olinmaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x