BAMAKO

BAMAKOMali Respublikasining poytaxti (1960-y. dan). Gʻarbiy Afrikada, Niger daryosi boʻyidagi port. Aholisi qariyb 900 ming kishi (1995). Mamlakatning asosiy sanoat markazi. Sanoatining asosini yengil, oziq-ovqat sanoati (goʻsht, oʻsimlik moyi, mineral suvlar i. ch.) tashkil etadi. Shaharda elektr stansiyasi, metallsozlik korxonalari bor. Hunarmandchilik (toʻquvchilik, fil suyagi va yogʻochdan turli buyumlar yasash) rivojlangan. Muhim transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga eta. Bamakoda maktab, litsey va kollejlar, maxsus bilim yurtlari, milliy tasviriy sanʼat, ilmiy tadqiqot in-tlari bor.

Bamakoni 1882-y. da (u vaqtda Bamako qishloq boʻlgan) Fransiya qoʻshinlari bosib olgan. 1920 — 58 y. lar Fransiya Sudani, 1958 — 60 y. lar muxtor Sudan Respublikasi maʼmuriy markazi boʻlgan. 2 ta muzey va shahar atrofida 14 – a. da qurilgan masjid bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x