BALUJ TILI

BALUJ TILI — baluj (balach, baluch) xalqi tili. 5,7 mln. ga yaqin kishi soʻzlashadi. Ular Pokiston (2 mln. ga yaqin), Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Oʻrta Osiyoda — Mari (Turkmanistan), Koʻlob (Tojikiston)da yashaydi. Baluj tili Eron tillari shim.-gʻarbiy turkumiga mansub. Tarkibida 5 ta (gʻarbiy, sharqiy) shevalar guruhi bor. B. t. da sirgʻaluvchi, qoʻshaloq, serebral unli tovushlar mavjud. Hoz. fleksiyaning buzilishi va analitik qurilish yuz bermoqda. Baluj tilida 4 kelishik, 2 nisbat, 4-mayl, 10 ga yaqin zamon boʻlib, baʼzi shevalarida ergativ tuzilish bor. Jins kategoriyasi yoʻq. Lugʻat tarkibida fors, urdu, arab, turkiy soʻzlar mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x