ADVEKSIYA

ADVEKSIYA (lot. advectio — eltish) , meteorologiyada — havo va u bilan birga fizik xossalari (t-ra, namlik va h. k.)ning gorizontal (yotiq) yoʻnalishda koʻchishi. Biror hududdagi ob-havo va uni tashkil qiluvchi meteorologiya unsurlari ikkinchi bir hududga gorizontal koʻchganda Adveksiya yuz beradi. Shu hududning t-rasi Adveksiya tufayli koʻtarilsa, iliqpik Adveksiyasi, aksincha, pasaysa — salqinlik Adveksiyasi deb ataladi. Adveksiya natijasida yuz beradigan atmosfera hodisalari advektiv hodisalar deb ataladi, mas, advektiv tumanlar, momaqaldiroq, ayoz va b. Sovuq va issiq, quruq va nam havo massalari A. si ob-havoning qanday boʻlishida muhim rol oʻynaydi (yana q. Konveksiya).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x