BALIQKOʻZ

BALIQKOʻZ (Climacoptera) — shoʻradoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtlar turkumi. Boʻyi 5 — 50 sm, poyasi tukli. Barglari mayda, etdor, poyada qaramaqarshi joylashgan. Mevasi qizgʻish yoki sargʻish pardasimon qanotchalarga ega. Iyun — iyulda gullaydi, okt. da pishadi. Oʻrta Osiyo hududida choʻl mintaqalarida shoʻr (taqir) va shoʻrxok tuproqlarda oʻsadi. 10,5% protein, 11,5% kletchatka va 1,5% moi, poya va barglarida esa 1,3% limon kislota boʻladi. Oʻzbekistonda bir nechta turi tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x