ADABIY YODGORLIK

ADABIY YODGORLIK — biror xalqning muayyan davrdagi hayoti, tili va madaniyati, urf-odatlari haqida maʼlumot beruvchi ogʻzaki yoki yozma adabiyot namunasi. Adabiy yodgorlik muayyan adabiyotning paydo boʻlishi va shakllanishida muhim adabiy-tarixiy ahamiyatga ega. Yusuf Xos Hojibning «Qutadgʻu bilig», Mahmud Koshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ulhaqoyiq» asarlari turkiy xalqlarning mushtarak Adabiy yodgorlik gi, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix, etnografiyaga oid qimmatli manbalardir. Ularning bizgacha qoʻlyozma nusxalari yetib kelgan. Adabiy yodgorlik larning baʼzilari, mas, «Toʻmaris» afsonasining mazmuni yunon tarixchisi Gerodotning «Tarix» kitobi, «Shiroq» afsonasining mazmuni yunon tarixchisi Polienning «Harbiy hiylalar» kitobi orqali yetib kelgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x