BALAND (BULAND) DARVOZA

BALAND (BULAND) DARVOZAAgra yaqinidagi Fotihpursikri shaharchasidagi saroy masjidining darvozasi. Akbarshoh davri (1556 — 1605) meʼmorligining mahobatli yodgorliklaridan biri. Baland (buland) darvoza Gujarot viloyatining olinishi sharafiga, eski darvoza oʻrniga qizil toshdan qurilgan (1602), zinalari oq marmardan. Darvozaxonaning kengligi 43 m, bal. 46 m, gumbazli yoʻlak bal. 41 m. Arabiy xatlar bilan bezatilgan baland peshtoqning yon devorlari qirrali. Peshtoq ustidagi nafis gumbazchalar tizmasi Baland (buland) darvozani dabdabali va ulugʻvor qilib koʻrsatadi. Devorlardagi arab yozuvlari, oʻyma naqshlar, ravoq va ravoqchalar, nozik guldastalar Baland (buland) darvozani Sharq meʼmorligining ajoyib yodgorliklaridan biriga aylantirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x