Bachadon tushishi xavfli emasmi?

— UTT tahlili kelinimda bachadon tushishi holatini ko‘rsatdi. Asli homiladorlikni rejalashtirish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan edi. Bachadon tushishi mavjud deyishgach, o‘ylanib qoldim, hozircha farzandli bo‘lishga shoshilmagani ma’qulmikan?

bachadon tushishi

Gulnora PO‘LATOVA, ginekolog:

— Me’yorda bachadon a’zosi tos suyagi sohasida joylashgan bo‘ladi. U bir qator mushak va to‘qimalar bilan ushlanib turiladi. Bachadon tushishi asosan tug‘ruq payti qattiq kuchanish oqibatida kelib chiqadi. Bunda mushaklar bo‘shashadi va bachadon joylashuvi o‘zgaradi.

Yoshga doir o‘zgarishlar qatorida estrogen gormonining kamayishi ham mushaklarni sustlashtiradi. Anglaganingizdek, bu ham bachadon tushishini keltirib chiqarishi mumkin.

Bulardan tashqari, tos mushaklariga zarba beruvchi holatlar ham bor: bular, ich qotishi, surunkali yo‘tal, qorin bo‘shlig‘ida suyuqlik to‘planishi, og‘ir yuk ko‘tarish, tamaki chekish kabilardir. Bachadon tushishi kelib chiqqanida, tos sohasida og‘riq, qindan biror nima chiqib turganidek hisning mavjudligi, peshob ajratish vaqti noqulaylik kuzatiladi. Muolaja ginekolog shifokor tomonidan olib borilib, bachadon tushishi darajasiga ko‘ra belgilanadi. Yengil bachadon tushishida gimnastika, estrogen shamchalar va og‘ir jismoniy yuklamalardan saqlanish buyuriladi. Agar bachadon tushishining ikkinchi va uchinchi darajalari aniqlansa, bunda tezkor davo choralari qo‘llaniladi.

Manba: «Darakchi» gazetasi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x