Hozirgi kunda 30 yoshdan oshgan ayollarning 80% da bachadon miomasi kasalligi mavjudligi aniqlandi. Bachadon miomasi ko‘pincha simptomlarsiz o‘tadi. Shuning uchun ko‘pchilik mioma mavjudligi haqida bexabar bo‘ladi.
Bachadon miomasi – bachadon mushak va biriktiruvchi to‘qimasini o‘smasimon kattalashishi. Kasallik uch turga bo‘linadi:
- Bachadon devori ichida o‘sishi – intramural mioma;
- Bachadon bo‘shlig‘ida o‘sishi – submukoz mioma;
- Bachadon tashqarisida o‘sishi – subseroz mioma.
Bachadon miomasi ko‘p tuqqan va bolasini emizgan ayollarda kam uchraydi.
Bachadon miomasi sabablari
Ayolning gormonal foni normada emasligi (estrogenlarning ko‘pligi, progesteron ishlab chiqilishi sustligi va hokazo);
Bachadon miomasi asta-sekinlik bilan bachadonda juda kichik shishlarning paydo bo‘lishidan boshlanadi. Bu shishlarning rivojlanib ketishiga quyidagilar ta’sir ko‘rsatishi mumkin:
- Abort;
- Hayz kelish muddatlarining buzilishi;
- Adenomioz;
- Ayol organizmidagi gormonal buzilishlar;
- Yurak-tomir tizimining ayrim kasalliklari;
- Anemiya;
- Ortiqcha semirish;
- Jarrohlik aralashuv (bachadonni tozalash, bachadon operatsiyasi);
- Endometrioz.
Bachadon miomasi belgilari
- Kuchli siklik qon ketish;
- Uzoq og‘riqlar;
- Homila tushishi;
- Ichak va siydik qopida kasalliklar;
- Anemiya.
Bachadon miomasini qanday aniqlash mumkin?
Ultratovushli diagnostika (UTD) orqali miomani keltirib chiqaruvchi bachadondagi kichik shishlarni aniq diagnostika qilish mumkin. Bunda shishlar tufayli bachadon hajmi o‘zgargani uchun shishlarni razmeri hafta bilan o‘lchanadi. Ya’ni homilaning nechanchi haftasiga shishlar rameri mos kelishiga qarab “7-8 haftalik” yoki o‘tib ketgan hollarda “12 haftalik” shish deb ataladi. Shishlarni hali o‘smasdan turib diagnostika qilish uchun ginekologga muntazam ravishda qatnash lozim.
Bachadon miomasini davolash usullari
- Dori yordamida davolash;
- Bachadon arteriyalarini embolizatsiyalash (bachadondagi shishlarni qon bilan ta’minlovchi yo‘lni yo‘q qilish)
- Shishlarni konservativ yo‘q qilish (laporoskopiya);
- Kuchli ultratovushli davolash;
- Bachadonni olib tashlash.
- Vaqtida aniqlangan razmeri 2-2.5 sm dan oshmagan bachadon shishlarini oddiy gormonal davolash bilan yo‘q qilish mumkin. Shuning uchun kasallikni o‘tkazib yubormaslik uni davolashda yengillik yaratadi.
Asoratlari
Kasallik oz vaqtida davolanmasi og‘ir asoratlar berishi mumkin.
- gisterektomiya;
- peritonit;
- sarkoma;
- endometrioz.
Bachadon miomasini oldini olish uchun
- Yilda bir marta bachadonni UTD qilish lozim;
- Kichik bo‘lsada shishlar aniqlangan holda darhol davolanish;
- Muntazam ravishda ginekolog ko‘rigida bo‘lish.
Mualluf: Lubnin D. M, tibbiyot fanlar nomzodi, akusher-ginekolog.
Manba: Uzbabay.uz tarjimasi.