ICHKILAR

ICHKILAR — Movarounnahrda (temuriylar, shayboniylar) va Hindistonda (boburiylar) hukmdor saroyida xizmat qiluvchi navkarlar, xos qoʻriqchilar, mulozimlar va beklar. Asosan, hukmdorga yaqin va sodiq zodagonlar safidan oʻrin olgan Ichkilar zarur vaqtlarda harbiy harakatlarda ham ishtirok etgan: «Gʻoʻlda Qosimbek va yovuq ichkilar edi» (Boburnoma). Ichkilar baʼzan ichki beklar istshyuhi b-n ham yuritilgan. Boburning taʼkidlashicha, Ichkilar davlat oldidagi ul-kan xizmatlari evaziga ulugʻ beklar darajasiga koʻtarilgan hamda saltanatdagi mavjud imtiyozlarga ega boʻlgan. Hukmdor saroyidan uzoqdagi viloyat va tumanlarda faoliyat kursatuvchi beklar — tashki beklar yoki sarhad beklari deb yuritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x