ICHKI VA TASHQI CHIZILGAN SHAKLLAR

ICHKI VA TASHQI CHIZILGAN SHAKLLAR (elementar matematikada) — bir shaklning ichiga yoki tashqarisiga chizilgan shakllar (rasmga q.). Bir shaklning hamma uchlari ikkinchi shakl ichida yotsa, birinchi shakl ikkinchisiga nisbatan ichki chizilgan, ikkinchi shakl birinchisiga nisbatan tashqi chizilgan deyiladi. Koʻpburchakka tashqi chizilgan aylana — uning hamma uchlaridan oʻtuvchi aylana, ichki chizilgan aylana esa uning tomonlariga urinuvchi aylana boʻladi. Uchi aylanada yotib, tomonlari u bilan kesishuvchi burchak ichki chizilgan burchak boʻladi. Bir nuqtadan chiqib, aylanaga urinuvchi ikki toʻgʻri chiziqdan tashkil topgan burchak tashqi chizilgan burchak deyiladi. Uchburchakning bir tomoni va qolgan ikki tomoni davo-miga uringan aylana ichki-tashqi chizilgan aylana boʻladi. Ichki-tash-qi chizilgan aylana uchburchakning tashki sohasida joylashadi. Hamma yoqlari biror sharga uringan koʻp yoklik sharga tashqi chizilgan, shar esa kupyok,likka ichki chizilgan deyiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x