AZOV BOʻYI QIRLARI

AZOV BOʻYI QIRLARI — Ukrainaning jan.-sharqidagi qirlar. Donesk sh. yaqinida Donesk qirlari bilan tutashadi. Mutlaq bal. 324 m. Yer yuzasi lyossimon jinslar bilan qoplangan, zaminida kristall jinslardan tarkib topgan fundament yotadi. Koʻp qismi haydalgan. Yon bagirlarida unda-bunda betagachalov oʻsimliklari bilan qoplangan joylar uchraydi. Kaolin, temir rudasi, grafit, nefelinli siyenit, qurilish materiallari bor. A. b. q. da Ukraina dasht qoʻriqxonasining filiali joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x