AZIZOVA Shirin Mirxonovna

AZIZOVA Shirin Mirxonovna (1940.10.1, Gʻijduvon) — Oʻzbekiston xalq artisti (1988). Toshkent davlat sanʼat in-tini tugatgan (1961). 1961 — 64 y. lar Namangan teatrida, 1968—87 y. lar Toshkentdagi Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida, 1987-y. dan Hamza teatrida aktrisa. Azizova ijodiga lirik, dramatik rollar yaqin boʻlib, obrazlari hayotiyligi, sahna nutqining mukammalligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: Xolisxon, Sora, Maysara («Xolisxon», «Ishq qurbonlari», «Maysaraning ishi»), Rohila («Birinchi muhabbat»), Muhabbat («Oʻn sakkiz yoshligim»), Nozi («Bahs»), Oʻzbekoyim («Oʻtgan kunlar»), Tamara («Jar»), qaynona («Chimildiq») va b. «Oʻzbekfilm» kinostudiyasi filmlarida suratga tushgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x