AYOLLAR (ANʼANAVIY) ANSAMBLLARI

AYOLLAR (ANʼANAVIY) ANSAMBLLARI — xotin-qizlardan tashkil topgan ashula-raqs yoki ashula-cholgʻu ansambllar; qadimdan oʻzbek milliy musiqa ijrochiligi rivoji jarayonida yuzaga kelgan. Odatda 3—4 ayol xonanda, sozanda va raqqosalarni birlashtiradi. Repertuari oʻzbek xalqi musiqa merosining boy anʼanalari va xususan mahalliy musiqiy uslub (sheva)larga tayangan. Bunday ansambllar turli vohalarga xos ijrochilar — yallachi (Fargʻona vodiysi), sozanda (Buxoro), xalfa (Xorazm) va h. k. nomlar b-n ham yuritilgan. Ayollar (anʼanaviy) ansambllari (a.) a. odatda tuy va b. marosimlar, turli xil sayillarda oʻz qoʻshiq-raqslarini omma oʻrtasida ijro etib kelgan. Oʻzbekistonda ayollarning professional va havaskorlik tarzidagi zamonaviy ansambllardan tashqari, davlat professional (dutorchi qizlar, garmoniy qizlar va b.), havaskor folklor («Yor-yor» — Namangan, «Nozanin»—Buxoro, «Gulyor» — Toshkent viloyati, «Quvasoy yor-yori», «Onaxonlar» — Fargʻona, «Omon yor» — Qoʻqon va b.) ansambllari mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x