Homilador ayollar va uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollar ishga qabul qilinmaydimi.

Homilador ayollar va uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollar ishga qabul qilinmaydimi.

⚡️ Savol; Bizni ikki yoshlik farzandimiz bor. Turmush o‘rtog‘im Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga ish so‘rab murojaat qilgan edi. U tashkilotdagilar turmush o‘rtog‘imni bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha boshqa bir tashkilotga yuborishdi lekin, o‘sha yuborilgan joydagi tashkilot rahbari sizni yosh bolangiz bor ekan bizda ishlay olmaysiz deb ayolimni qaytarib yuboribdi. Shu to‘g‘rimi ?

⚡️ Javob; Yo‘q bu holat noto‘g‘ri. Mehnat kodeksining 78-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasi tuzishi shart bo‘lgan shaxslarni (belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslarni; homilador ayollarni va uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarni — tegishincha ularning homiladorligi yoki bolasi borligini vaj qilib) ishga qabul qilmaslik ta’qiqlanishi ko‘rsatib o‘tilgan.

🟢 O‘sha tashkilot rahbarining bu harakati qonunchilik bo‘yicha ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish deb hisoblanadi va bu masalada turmush o‘rtog‘ingiz huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib o‘z huquqlarini himoya qilishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x