Ayajonimiz

Titrab yangrar edi ufqlar tongda,

Goʻzal kuylar edi ayajonimiz.

Bulutlar toʻlgʻanar edi osmonda,

Jajji yuraklarda – hayajonimiz.

 

Kuyni qari qartang mukka tinglagan,

Bunda ojiz edi har qanaqa soʻz.

Urush moʻralardi qoʻlsiz yenglardan,

Yupun xirmonlardan – bebaraka kuz.

 

Ayam koʻkka qushday intilar edi,

Etagidan ushlab diydirardik biz.

Yashil koʻzaklarda moʻltillar edi,

Chala qolgan kuydek bolaligimiz.

 

Bulutlar bezovta edi osmonda,

Jajji yuraklarda – hayajonimiz.

Dadamizni eslab shunday har tongda,

Mungli kuylar edi ayajonimiz.

 

Kuy boʻlib uchmoqni qilardi orzu,

Dadamizni eslab shunday har tongda.

Ammo, qanotlarin yozolmasdi u,

Chunki biz bor edik qanot ostida.

 

Asqad MUXTOR

https://saviya.uz/ijod/nazm/ayajonimiz/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x