ATMOSFERA BOSIMI

ATMOSFERA BOSIMI — atmosferaning yer sirtidagi barcha narsalarga va yer sirtiga koʻrsatadigan gidrostatik bosimi; atmosfera holatini bildiruvchi asosiy belgi. Simobli barometr bilan oʻlchanadi. Atmosfera bosimi Dina/sm2, mb yoki mm sim. ust., gPa bilan ifodalanadi. Dengiz sathidagi oʻrtacha Atmosfera bosimi yoki normal bosim Ro q 760 mm sim. ust. ga yoki 1013,25 g-Pa ga teng. Balandlikka koʻtarilgan sari A. b. kamayadi. Pastki qatlamlarda tezroq, yuqori qatlamlarda esa sekinroq kamayadi, dengiz sathidan 6km balandlikda Atmosfera bosimi yer yuzidagi bosimning yarmini tashkil qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x