ATLANTIKA BOʻYI PASTTEKISLIGI

ATLANTIKA BOʻYI PASTTEKISLIGI — AQSHdagi pasttekislik, Atlantika okeani sohillarining Nyu-Yorkdan Florida ya. o. gacha boʻlgan qismini egallagan. Gʻarbda Pidmont platosining tik tushgan chekkasi bilan chegaradosh. Kengligi 30 — 350 km. Dengiz choʻkindilari (ohaktosh, qumtosh, loy va b.)dan tashkil topgan, yuzasi tekis. Balandligi dengiz sathidan 100 m gacha. Iqlimi subtropik, okean iqlimi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0° dan 20° gacha, iyulniki 22 — 28°. Yillik yogʻin 1000 — 1400 mm. Tuproqlari: qizil, sariq, chimli, botqoqli. Tabiiy oʻsimliklari: qaragʻay, dub, tis, botqoq sarvi va b. Paxta, tamaki ekiladi, mevali bogʻlar bor. Foydali qazilmalardan fosforit lar koʻp. Aholisi zich. Yirik shaharlari: NyuYork, Filadelfiya, Vashington, Baltimor, Norfolk.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x