ASPERGILLYOZ

ASPERGILLYOZ (Aspergillosis) — odam va hayvonlarda parazit zamburugʻi (aspergillar) qoʻzgʻatadigan kasallik. A. da kaysi aʼzo zararlanganligiga qarab kasallik belgilari turlicha namoyon boʻladi. Mas, teri A. ida asosan teri zararlanadi, unda tuguncha, yara va infiltratlar paydo boʻladi. Aspergillyoz bilan asosan parrandalar, qisman sut emizuvchilar kasallanadi. Bu kasallikka parrandalar ichida oʻrdak va gʻoz koʻproq, tovuq, kurka, kaptar, qirgʻovul kamroq chalinadi. Sut emizuvchilardan Aspergillyoz bilan koʻproqquyon kasallanadi. Kasallik nafas orqali zamburugʻ sporalarini ichga yutib yuborish va bu kasallik bilan zararlangan ozukani isteʼmol qilish natijasida yuqadi. Kasallangan hayvonlar ancha lohas boʻladi, nafas olishi qiyinlashadi, ishtahasi pasayadi, ichi buziladi, ozib ketadi, bir necha kundan keyin oʻladi. Aspergillyozning oldini olish choralari: bino ichida sanitariyagigiyena qoidalariga rioya qilish, ozuqa va toʻshamalarni zamburugʻlardan xoli tutish, inkubatorlarni dezinfeksiya qilish, shamollatish va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x