ARKTIKA ZOOGEOGRAFIYA OBLASTI

ARKTIKA ZOOGEOGRAFIYA OBLASTIdunyo okeani zoogeografiya oblasti. Shim. Qutb doirasida joylashgan. Shim. muz okeanining Barens dengizi jan.-gʻarbiy qismidan tashqari hamma dengizlarini, jumladan Oq dengiz va Gudzon koʻrfazini oʻz ichiga oladi. Chegarasi Shim. Amerikaning sharqiy sohillari boʻylab Nyufaundlendning jan. gacha davom etadi. Dengizlarining uncha chuqur boʻlmasligi va ularga juda koʻp daryolarning quyilishi sababli suvida tuzlar miqdori dunyo okeaniga nisbatan kam. Suvi sovuq boʻlganligi, qishda doim muz bilan qrplanganligi uchun hayvonot dunyosi xilma-xil emas, iliq dengizlarda keng tarqalgan koʻpchilik hayvonlar bu yerda uchramaydi yoki kam uchraydi. Suvning chuqurligi boʻylab harorat deyarli bir xil boʻlganligi uchun hayvonot dunyosi ham har xil chuqurlikda kam oʻzgaradi. Lekin qutb yozida suvning kecha va kunduz davomida yoritilib turishi tufayli Arktika suvlarida yozda fito – va zooplanktonning ayrim turlari juda tez koʻpayib, katta biomassa hosil qilishi natijasida dengiz hayvonlarining koʻpayishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. Bujihatdan Barens dengizi diqqatga sazovordir. Shim. Atlantikadan bu yerga yezda treska, piksha, olaboʻgʻa, seld, sayra kabi baliqlar koʻplab keladi, ular tral yordamida ovlanadi. Arktika zoogeografiya oblastining hayvonot dunyosi 3000 dan ortiq toʻrni oʻz ichiga oladi, shundan 17 turi sut emizuvchilar, 150 turi baliklardan iborat. Sut emizuvchilardan oq ayiq, qutb, yaʼni Grenlandiya kiti, beluxa va narval delfinlari, morj, kokildor tyulen; qushlardan kayra, qutb krachkasi, chistik va baliqchi qushlarning ayrim turlari; baliqlardan semga, yalangbaliq, sharq treskasi, sayka va b. A. z. o. uchun xos boʻlgan hayvonlar hisoblanadi. Gagarka, qutb oq baliqchisi, sayka, sharq treskasi, ayrim losossimonlar (omul, chir, shopur) endemik turlardir. Arktika zoogeografiya oblasti hayvonot dunyosiga odam faoliyati nisbatan kam taʼsir koʻrsatgan. Arktika zoogeografiya oblastiga xos koʻpchilik hayvonlar soni kam boʻlgani uchun ularni qoʻriqlash maqsadida bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi Arktika havzasidan foydalanadigan barcha davlatlar oʻrtasida oq ayiq va Grenlandiya kitini muhofaza qilish toʻgʻrisida bitim tuzilgan. Morj, kokildor tyulen, oq baliqchi va baliqlarning bir qancha turlari ham muhofaza qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x