ARISTOV Nikolay Aleksandrovich

ARISTOV Nikolay Aleksandrovich (1847 — ?) — sharqshunos olim va etnograf. Etticyv aloqa boshqarmasi qoshida har xil maʼmuriy vazifalarda (1868 — 81) va Yettisuv harbiy gubernatorining yordamchisi lavozimida (1881 — 89) ishlagan. 1883-y. dan Rossiya geografiya jamiyatining aʼzosi. Aristov asarlarida qozoq va qirgʻizlarning urugʻ-qabilalari hayoti yoritilgan. Ularda oʻzbek urugʻ va qabilalari haqida ham maʼlumotlar bor. Shuningdek, 19-a. oxiridagi inglizafgʻon munosabatlari tarixi, Hindiston b-n chegaradosh afgʻonlarning siyosiy ahvoli va afgʻon xalqining Britaniya mustamlakachilariga qarshi kurashlari ham bayon etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x