ARAVAKASH

ARAVAKASH — oʻrtapishar qovun navi. Shakli choʻzinchoq-tuxumsimon, yirik, uz. 40—50 sm, ogʻirligi 8—17 kg, poʻsti qalinligi oʻrtacha. Sirti tekis, yoppasiga mayda va noziq toʻr bilan qoplangan. Eti oq, qalinligi 5—6 sm, sershira, shirin, tarkibida 10% gacha qand bor. Urugʻxonasi katta, urugʻi oʻrtacha, rangi sariq. Urugʻi eqilganidan keyin 95 — 100 kunda hosili pishadi. Hosildorligi 300 — 350 s/ga, yuqori agrotexnikada 500 — 600 s/ga ga boradi. Bu nav ilgari Toshkent vohasida koʻp eqilgan. Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik in-tida K. I. Pangalo tomonidan takomillashtirilgan populyatsiyasi Toshkent viloyati uchun r-nlashtirilgan (yana q. Hovun).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x